Arnold Shvarseneggerning Mercedes'i auksionga qo‘yildi

Olam

image

O‘zbek tomoshabinlariga “Terminator” filmidagi roli bilan tanish aktyor Arnold Shvarseneggerga tegishli bo‘lgan Mercedes-Benz Unimog avtomobili Arizona shtatining Skottsdeyl shahrida o‘tkaziladigan auksionga qo‘yiladi. Bu haqda “Auto 24” nashri xabar berdi. 

Mercedes-Benz 1977 yilda ishlab chiqarilgan. Ammo u 2012 yilda aktyorning xohishi bilan Merex Mertec mutaxassislari tomonidan qayta terilgan. Aktyor bu mashinaga juda qisqa vaqt egalik qilgan. Shvarsenegger mashinadan juda kam foydalangani sababli u atigi 21 ming km yo‘l bosgan.

Bundan tashqari, mashinada Shvarseneggerning imzosi ham bor. Bu esa avtomobil haqiqatan ham taniqli aktyorga tegishli ekanini isbotlab turadi. 

Hozircha, mashinaning boshlang‘ich narxi e’lon qilinmagan. Ammo so‘nggi marta kimoshdi savdosida u 273 ming 600 dollarga sotilganidan kelib chiqib, bu safar ham Mercedes'ning narxi sezilarli darajada oshirilishini taxmin qilsa bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, auksion 20-28 yanvar kunlari o‘tkazilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning 1990-yillarda xalq deputatlari Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) shahar kengashida ishlagan davridagi tashrif qog‘ozi kimoshdi savdosida sotuvga qo‘yilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya qorbobo 24-qavat syurpriz

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made