Rossiyada qiyin vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklar olib kelindi

Jamiyat

image

Kecha, 24 sentyabr kuni Rossiyayadan 17 nafar qiyin ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarosi olib kelindi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Xalqaro migratsiya tashkiloti va O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi ko‘magida olib kelingan fuqarolar asosan, kasalmand, homilador va boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar toifasiga kiradi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro migratsiya tashkiloti bilan kelishuvga muvofiq, Rossiya Federatsiyasining Sankt-Peterburg shahridan 7 nafar qiyin ahvolga tushib qolgan fuqarolar charter reys orqali mamlakatimizga olib kelingandi.

Avvalroq, Rossiyaning Samara viloyatida to‘planib qolgan O‘zbekiston fuqarolarini Vatanga qaytarish uchun 15 ta avtobus yuborilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

54

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing