Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 31 bola O‘zbekistonga qaytarildi

Jamiyat

image

Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasining turli hududlarida qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) o‘zining xorijiy hamkasbi – Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralari ko‘rilayotgani, O‘zbekiston mas’ul idoralari (IIV, TIV) tomonidan bolalarni mamlakatga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda Rossiyada yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.

“O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Rossiya Bolalar ombudsmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlandi”, deyiladi xabarda.

Kecha, 25 avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari – Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari – Moskva shahridan, 8 nafari – Novosibirsk shahridan, 1 nafari – Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari tomonidan O‘zbekistonga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiyada qarovsiz qolgan bir guruh O‘zbekiston bolalari mamlakatga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya bola

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing