Rossiyada qarovsiz qolgan 30 bola O‘zbekistonga qaytariladi

Jamiyat

image

Bir qator vazirlik vakillari xorijda ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining bolalarini Tashqi ishlar vazirligi ko‘magida O‘zbekistonga qaytarish maqsadida navbatdagi xizmat safariga – Rossiya Federatsiyasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ayni damda Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari bilan hamkorlikda Moskva, Sankt-Peterburg, Astraxan, Volgograd, Irkutsk, Chelyabinsk, Vladivostok va Ulyanovsk shaharlarida, shuningdek, Moskva, Leningrad, Oryol, Smolensk va Vladimir viloyatlarida ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan 30 nafar bolaning hujjatlarini rasmiylashtirish ishlarini olib borilmoqda.

“Voyaga yetmagan bolalarning doimiy ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari olib kelinayotgan bolalarni oilaviy muhitga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Saxa Respublikasi Neryungri shahrida qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan ona va uning to‘rt nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing