Rossiyada qancha o‘zbekistonlik “zapret”dan chiqdi? Aniq ma’lumot berildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Aleksandr Gorovoy qancha o‘zbekistonlik afv etilganiga aniqlik kiritdi. 

Unga ko‘ra, Rossiya O‘zbekistonning muqaddam mamlakatga kirishiga taqiq qo‘yilgan 158 ming fuqarosini afv etdi. Bu haqda u Moskvada O‘zbekiston Bosh vaziri maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida ma’lum qildi.

Qayd yetish kerakki, berilgan “migratsiya amnistiyasi” sud qarorlari asosida ilgari Rossiyadan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Avvalroq, Rossiya IIV deportatsiya qilingan 150 ming o‘zbekistonlik va 150 ming tojikistonlikka mamlakatga kirish uchun ruxsat bergani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

347

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing