Rossiyada qamalgan 459 qirg‘izistonlik ekstraditsiya qilinishidan bosh tortdi. Nega?
Olam
−
28 may 2023
14435Rossiya qamoqxonalarida jazo o‘tayotgan 459 nafar qirg‘izistonlik vataniga ekstraditsiya qilinishdan bosh tortdi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Almaz Imangaziyev migratsiya masalalariga bag‘ishlangan davra suhbatida aytib o‘tdi.
Almaz Imangaziyevning so‘zlariga ko‘ra, bunga turli sabablar bor.
“Birinchidan, bu yashash sharoiti bilan bog‘liq. Ya’ni ular sharoitdan mamnun. Ikkinchidan, ular ozodlikdan mahrum qilish joylarida mehnat faoliyatini amalga oshirib, maosh oladi”, deya tushuntirgan Imangaziyev.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili Rossiyadan Qirg‘izistondagi qamoqxonalarga 33 nafar fuqaro ko‘chirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda mingdan ortiq qirg‘izistonlik Rossiyadagi yopiq muassasalarda saqlanmoqda.
Shuningdek, Rossiyadagi “Vagner” xususiy kompaniyasi urushga mahkumlarni jalb qilayotgani, ular orasida Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar ham borligi aniqlangan. (https://kokshetau.asia/worldnews/459-grajdan-soderjashihsia-v-rossiiskih-turmah-otkazalis-ot-ekstradicii-v-kyrgyzstan/)
LiveBarchasi