Rossiyada ishlayotgan yuzga yaqin migrant “voyenkomat”ga olib ketildi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi sabzavot omborida ishlayotgan yuz nafarga yaqin Rossiya pasportiga ega muhojirlar harbiy ro‘yxatga olish idorasi (voyenkomat)ga olib ketildi. Bu haqda “Kommersant’” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Sankt-Peterburg politsiyasi “Sofiya” sabzavot bazasida ikki kunlik reyd tadbiri o‘tkazgan. U yerda xavfsizlik kuchlari mamlakat pasportiga ega, biroq harbiy ro‘yxatga olinmagan 100 nafarga yaqin muhojirni qo‘lga olgan. 

Tekshiruv davomida jami 400 nafarga yaqin chet el fuqarosi aniqlangan, ulardan 55 nafari migratsiya qonunchiligini buzgan holda, Rossiya hududida faoliyat olib borayotgan bo‘lgan. Shuningdek, bir nafar migrant soxta hujjatlarni taqdim etgan, shu sababli unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 

Reydlar davomida Rossiya pasportiga ega bo‘lgan shaxslarni harbiy ro‘yxatga olish bo‘limlariga jo‘natish politsiya tomonidan migratsiya qonunchiligiga rioya etilishini tekshirishning “yangi varianti” deb atalgan. Qo‘lga olingan shaxslarga harbiy xizmat konstitutsiyaviy majburiyat ekani uqtirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Putinga muhojirlar ustidan shikoyat qilgan edi. U bu boradagi qonunchilikni kuchaytirishni taklif qildi va aks holda “migrantlarning mahalliy mojarolari ommaviy ko‘cha tartibsizliklariga aylanib ketishi”dan ogohlantirdi. Ular orasida o‘zbek migrantlari alohida eslab o‘tilgan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant voenkomat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing