Putinga o‘zbekistonliklar ustidan nazoratni kuchaytirish taklif qilindi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Putinga muhojirlar ustidan shikoyat qildi. U bu boradagi qonunchilikni kuchaytirishni taklif qildi va aks holda “migrantlarning mahalliy mojarolari ommaviy ko‘cha tartibsizliklariga aylanib ketishi”dan ogohlantirdi. Ular orasida o‘zbek migrantlari alohida eslab o‘tilgan. Bu haqda “Baza” xabar berdi.

Dekabr oyining oxirida Tergov qo‘mitasi raisi Prezidentga yangi kelganlarning jinoyatlari haqida batafsil xat yubordi. Aleksandr Ivanovich “vaziyatni qizdirgan” o‘zbeklar, qirg‘izlar, tojiklar va tajovuzkor mehnat muhojirlari haqida gapirar ekan, ularning bu harakatlari xalq otryadlari shakllanishiga olib kelganini bildirgan. Bastrikinning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilning 11 oyi davomida xorijliklar 33,5 mingdan ortiq jinoyat sodir etgan. Rais ular orasida Viborgdagi voqeani – olti nafar o‘zbekistonlik ikki politsiyachini qattiq kaltaklagani alohida qayd etgan.

Shu bilan birga, Bastrikin jamiyatdagi kayfiyat haqida gapirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zbeklar va boshqa yuqorida keltirilgan muhojirlar maishiy xizmat ko‘rsatish sohasini “monopoliyaga olgan” va Federatsiya fuqarolari ulardan “jiddiy xavotirda”. 

Shu sababdan Tergov qo‘mitasi raisi migratsiya qonunchiligini qat’iylashtirishni taklif qildi. Unga ko‘ra, ish beruvchilarning migrantlarni uy-joy bilan ta’minlash va transport uchun sarflaydigan xarajatlarini to‘lash, tashrif buyuruvchilarni ro‘yxatga olishni joriy etish va aholining etnik-madaniy muvozanatini saqlash choralarini ko‘rish rejalashtirilmoqda. 

Ma’lumot uchun, 2021 yil dekabr oyida 6 nafar o‘zbekistonlik muhojir Leningrad viloyati Viborg shahridagi maishiy xizmat do‘konlaridan birida ularga 22:00 dan keyin aroq sotilmagani sabab janjal ko‘targan va tekshirishga kelgan ikki politsiya mayorini, shu jumladan Lugovoy, mahalliy navbatchilik bo‘limi boshlig‘ini qattiq kaltaklagan.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning olti oyi davomida Rossiya hududida muhojirlar tomonidan 22 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan. Bu 2022 yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga ko‘p.


Maqola muallifi

Teglar

Putin o'zbekistonliklar Aleksandr Bastrikin muhojirlar xavotir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing