Rossiyada “ishlanmaydigan kunlar” rejimi bekor qilindi
Olam
−
11 may 2020 9780 1 daqiqa
Bugun, 11 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rossiyaliklarga koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan yangi murojaat bilan chiqdi. Oldinroq Kreml murojaatda fuqarolar va iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi chora-tadbirlar haqida so‘z borishini ma’lum qilgan edi.
Davlat rahbari mamlakatda “ishlanmaydigan kunlar” rejimini tugatishga qaror qildi.
“12 maydan boshlab barcha tarmoqlar uchun ish kuni hisoblanadi. Ammo epidemiyaga qarshi kurash tugamaydi”, dedi Putin.
Ma’lumot uchun, Putin 25 mart kuni televideniyedagi chiqishida COVID-19 tarqalishini nazorat qilish uchun 30 martdan 5 aprelgacha ishlanmaydigan hafta deb e’lon qilgan edi. 2 aprel kuni Putin aholiga murojaat qilib, ta’til rejimini 30 aprelgacha uzaytirgandi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr