Rossiyada internet orqali rasmiylarni haqorat qilganlar 2 yilgacha qamalishi mumkin
Olam
−
24 Sentabr
1573Rossiyada internet yoki ommaviy axborot vositalarida davlat amaldorini haqorat qilganlar ikki yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Davlat Dumasining xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash qo‘mitasi rahbari Vasiliy Piskarev tomonidan ishlab chiqilgan “Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasida shunday amaliyotni joriy qilish taklif etilmoqda.
Qayd etilishicha, hujjat Jinoyat kodeksing yangi tahririni taklif qiladi. Xususan, kodeksning 319-moddasi “davlat mansabdor shaxsini o‘z xizmat vazifalarini bajarishi yoki ularni bajarishi munosabati bilan ochiq haqorat qilganlik uchun” javobgarlik bilan bog‘liq. Bunday jinoyatni sodir etish 80 ming rublgacha jarimaga, 460 soatgacha majburiy mehnatga yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Amaldagi standartlarga ko‘ra, bunday jinoyat 40 ming rublgacha jarima, 360 soatgacha majburiy mehnat yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek, qonun loyihasi moddani “Internet yoki ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda sodir etilgan harakatlar uchun javobgarlik to‘g‘risida”gi yangi nizom bilan to‘ldiradi. Bunday jinoyat uchun uch yilgacha ma’lum lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilish, 480 soatgacha majburiy ishlash, ikki yilgacha majburiy mehnat yoki ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan uch yilgacha muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum qilish hamda 1 million rublgacha jarima solinishi mumkin.
LiveBarchasi