Rossiyada ilk marta OAV terrorchi tashkilotlar qatoriga kiritildi

Olam

image

Rossiyada birinchi marta ommaviy axborot vositasi terrorchi tashkilot deb tan olindi – bu “Komi Daily” nashri edi. Bu haqda kecha, 11 yanvar kuni Federal xavfsizlik xizmati kiritgan terrorchilik tashkilotlari reyestrida keltirilgan.

Unga ko‘ra, ushbu nashr separatistik “Post-Rossiya erkin davlatlar forumi”ning 172 ta “tarkibiy bo‘linmalari” qatoriga kiritilgan. Rossiya Federatsiyasi Oliy sudining uni ro‘yxatga kiritish to‘g‘risidagi qarori 2024 yil 22 noyabrda qabul qilingan va 28 dekabrda kuchga kirdi.

Nashr muharrirlari o‘zlarining Telegram-kanallarida “Komi Daily”ning Rossiyani 41 ta kichik shtatga bo‘linish tarafdori bo‘lgan “Post-Rossiyaning erkin davlatlari forumi”ga hech qanday aloqasi yo‘qligini yozdi. 

“Biz endi nima qilish kerakligini hal qilish uchun huquq himoyachilari bilan maslahatlashamiz va albatta, ishlashni davom ettiramiz”, deyiladi unda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning mart oyida Roskomnadzor “Komi Daily” veb-saytini bloklagandi. May oyida nashr muharriri Rossiya Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining nafrat va adovat qo‘zg‘atish yoki inson qadr-qimmatini kamsitish moddasi bo‘yicha e’lon qilingan materiali tufayli jarimaga tortilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin “Tolibon”ni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing