Rossiyada general otib ketildi
Olam
−
13:12 11656 1 daqiqa
Bugun, 6 fevral kuni Rossiya poytaxti Moskvada general-leytenant Vladimir Alekseyevga suiqasd uyushtirildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Tergov qo‘mitasi vakili Svetlana Petrenkoning so‘zlariga ko‘ra, bugun, 6 fevral kuni Moskvadagi Volokolamskoye shossesida joylashgan turarjoy binosida noma’lum shaxs generalga bir nechta o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgan. Jabrlanuvchi shahar shifoxonasiga yuborilgan.
Ayni paytda, generalni otgan shaxsni qidirish ishlari davom etmoqda. Tergovchilar va sud-tibbiy ekspertlar videokuzatuv kameralari yozuvlarini ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Vladimir Stepanovich Alekseyev – Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Harbiy razvedka bosh boshqarmasining birinchi o‘rinbosari hisoblanadi. U ushbu lavozimda 2011 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning 2-G‘arbiy okrug harbiy sudi sudyalari hay’ati general-leytenant Igor Kirillov halok bo‘lgan teraktni sodir etganlikda ayblangan Ahmad Qurbonovga umrbod ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlagani haqida xabar berilgan edi.
Javohir Aliqulov
Live
Barchasi