Rossiyada deportatsiya qilingan migrantlarni hibsda saqlash muddati belgilanmoqda 

Olam

image

Migrantlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar Rossiyadan deportatsiya qilinganda ular maxsus muassasalarda ikki kundan ortiq bo‘lmagan muddat saqlanadi. Bu bo‘yicha qonun loyihasini Rossiya Davlat Dumasi joriy yilning 18 iyul kuni birinchi o‘qishda ma’qulladi. 

O‘zgartirishlar kiritilgan “Rossiya Federatsiyasida xorijiy fuqarolarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi qonun loyihasiga asosan chet ellik fuqarolar hamda migrantlar mamlakat hududidan chiqarib yuborilishi tasdiqlangan bo‘lsa, ular Federal xavfsizlik xizmati direktori, Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy organlari boshlig‘i, chegara idoralarining rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari qarori bilan 48 soat ichida maxsus muassasalarga joylashtirilishi mumkin. O‘zgartirishlar kiritilayotgan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda migrantlarni sud qarori asosida maxsus muassasalarga joylashtirish imkoniyati haqidagi amaldagi norma saqlanib qoladi. Bunday hollarda ular 90 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga o‘tkaziladi.

Shuningdek, kecha, 19 iyul kuni Davlat Dumasi deputatlari qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda ko‘rib chiqishdan oldin, chet elliklar o‘z vatanlariga muddati o‘tgan pasportlari bilan borishlari mumkinligi haqida ham tuzatishlar kiritdi.

“Qonun loyihasining maqsadi, bir tomondan, xorijliklarni qonunga rioya qilishga undash bo‘lsa, ikkinchi tomondan, ularning Rossiyada faoliyati va yashashini qonuniylashtirish uchun soxta mexanizmlardan foydalanish imkoniyatini istisno qilishdir”, deb ta’kidlagan loyiha mualliflari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyadagi migrantlar uchun imtihonlarga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar deportatsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made