Rossiyada bolalar bilan intim mavzularda suhbatlashganlikda ayblangan o‘zbekistonlik qamaldi
3-sahifa
−
30 may
8330Rossiyada bolalarga jinsiy aloqa tasvirlangan rasm va videolar yuborganlikda ayblangan o‘zbekistonlik erkak qamaldi. Bu haqda Udmurtiya sudlari matbuot xizmati xabar berdi.
Sudda aniqlanishicha, muqaddam sudlanmagan 29 yoshli O‘zbekiston fuqarosi “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida o‘smirlar bilan yozishmalarga kirishib, ularga jinsiy a’zolar, jinsiy aloqalar aks etgan surat va videolarni yuborib, ular bilan intim mavzularda suhbatlashgan.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 29 may kuni Igrinskiy tumanida o‘zbekistonlikka nisbatan sud hukmi chiqarilgan. Aniqlanishicha, to‘rt nafar jabrlanuvchidan ikkitasi qiz bola, yana ikki jabrlanuvchi o‘g‘il bola bo‘lib, ular Irkutsk va Orenburg viloyatlarida yashagan. Mahkumning o‘zi Moskva viloyati hududida bo‘lganida jinoyat sodir etgan.
“Sudlanuvchi o‘z jinoyatlarini tan olmagan. U Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132- va 135-moddasi bilan aybdor deb topilib, 14 yilga qattiq tartibli koloniyaga hukm qilingan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada voyaga yetmagan bolalarga jinsiy harakatlar qilgan o‘zbekistonlikka nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangandi.
LiveBarchasi