Rossiyada bir kunda koronavirusga chalinganlar 10 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Rossiyada may o‘rtasidan buyon ilk bor kunlik koronavirusga chalinish holatlari 10 000 dan oshdi. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish shtabi ma’lum qildi.

O‘tgan kun davomida Rossiyada 10 499 ta koronavirus bilan kasallanish aniqlangan. 107 kishi vafot etgan. 3284 kishiga esa shioxonadan javob berilgan.

Yangi kasallanish holatlari Rossiyaning barcha mintaqalarida qayd etilgan. Eng ko‘p Moskvada 3327 ta aniqlangan. Sankt-Peterburg (392) va Moskva viloyati (296) keyingi o‘rinlarda.

Rossiyada koronavirus yuqtirib olganlarning umumiy soni 1 215 001 nafarga yetdi. Shulardan 979 143 nafari tuzalib ketdi. 21 258 kishi virus qurboniga aylandi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Rossiyada

Baholaganlar

220

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing