Rossiyada “atirgul inqirozi” boshlandi
Olam
−
07 aprel 2020
13722Rossiyada koronavirus tufayli gullarga talab keskin pasayib ketdi. Chakana savdo deyarli to‘xtadi, gul yetishtiruvchilar har kuni 1,2 million atirgulni chiqitga tashlashga majbur bo‘lmoqda. Bu haqda “Rossiya issiqxonalari” uyushmasi xabar bermoqda.
Tashkilot prezidenti Aleksey Sitnikov, kesilgan gullar to‘xtovsiz qilingan mehnat mahsuloti ekanligini tushuntirdi.
“Masalan, atirgul tupi olti yildan sakkiz yilgacha samarali o‘sib boradi va yangi nihollar unib chiqish uchun vaqti-vaqti bilan undagi gullarni kesib tashlash kerak. Agar bu bajarilmasa, buta o‘z hosildorligini yo‘qotadi”, deydi ekspret.
Uning ma’lum qilishicha, kundalik gullarni parvarish qilish xarajatlari – ozuqa berish, o‘simlikni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish, butani shakllantirish – oldingidek qolgan, ammo sotishdan tushayotgan daromad deyarli nolga kamayib ketgan.
Hozir Rossiyada 165 gektar maydonda zamonaviy gul issiqxonalari mavjud bo‘lib, kuniga o‘rtacha gektariga 7000 atirgul kesiladi, dedi assotsiatsiya vitse-prezidenti Aleksandr Litvinenko. Uning so‘zlariga ko‘ra, shu sababli issiqxonalar kuniga 1,2 million atirgulni chiqitga chiqarmoqda va katta yo‘qotishlarga duch kelmoqda.
Litvinenko gul yetishtiruvchilarni koronavirus va karantin choralari ta’sirida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan sohalar qatoriga kiritishni taklif qilgan.
LiveBarchasi