Rossiyada voyaga yetmagan qizni tahqirlagan 17 yoshli o‘zbekistonlik qamaldi

3-sahifa

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi voyaga yetmagan qizga jinsiy tajovuz qilgani uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu haqda “Lenta” nashri xabar berdi.

Ish materiallariga ko‘ra, 17 yoshli o‘zbekistonlik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilgan va uni tahqirlagan.

“U qizning nochor ahvolidan foydalangan”, deyiladi xabarda.

Yigit Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi 4-qismining “b” bandi (Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari) bilan aybdor deb topilib, yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni axloq tuzatish koloniyasida o‘tashi, shuningdek jabrlanuvchining qonuniy vakiliga 700 ming rubl to‘lashi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan o‘zbekistonlik erkak 14 yilga ozodlikdan mahrum etilgandi. 2023 yilning avgust oyida Kaliningrad shahrining Shevchenko ko‘chasidagi uylardan birining yonida 59 yoshli erkak 11 yoshli qizchani ko‘rib, unga avtobus bekatiga yo‘l ko‘rsatish bahonasida uni mehmonxona tomonga olib borgan. Yo‘lda unga turli xil shahvoniy harakatlar qilishga uringan, so‘ng uning yuzidan tishlab, velosipediga o‘tirib, qochib qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya o'zbekistonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing