Rossiyada 60 ming migrantning patenti bekor qilindi

Olam

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi 2025 yilda migrantlarning deyarli 60 ming ish patentini bekor qildi. Bu haqda Xavfsizlik kengashi o‘rinbosari Aleksandr Grebyonkin “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Unga ko‘ra, migrantlar patent olgan kundan boshlab ikki oy ichida ishga joylashishlari haqida hududiy Tashqi ishlar vazirligi bo‘limlariga xabar berishlari shart. Aks holda patent amaldan chiqadi va Rossiya hududida yashash uchun asos bo‘lmaydi. Shu sababli, 2025 yilda 60 ming patent bekor qilingan. 

“Migrantlarni Rossiya hududidan tezkor chiqarish bo‘yicha vazirlikka qaror qabul qilish, zarur ma’lumotlarni yig‘ish va zamonaviy elektron nazorat vositalaridan foydalanish huquqi berilgan”, degan Grebyonkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya 2025 yil boshidan buyon 160 mingdan ortiq chet el fuqarosining mamlakatga kirishini taqiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Aleksandr Grebyonkin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing