Rossiyada 4 nafar o‘zbekistonlik 21 yoshli qizga tajovuzda ayblanmoqda (video)

3-sahifa

image

Bugun, 18 iyun kuni Rossiyaning Primorsk o‘lkasi sudi 4 nafar o‘zbekistonlik yigitga 21 yoshli qizning jinsiy daxlsizligini buzish holatlari bo‘yicha jinoiy ish ochdi. Bu haqda Primorsk o‘lkasi sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ish joriy yilning 15 iyun kuni Shamora plyaji hududidagi kafeda sodir bo‘lgan voqea bilan bog‘liq. Gap shundaki, besh nafar O‘zbekiston fuqarosi oldindan til biriktirib, jabrlanuvchiga pichoq tiragan va unga tajovuz qilgan.

“Sud to‘rt nafar ayblanuvchiga nisbatan ikki oylik qamoqqa olish ehtiyot chorasi tayinlagan. Beshinchisining protsessual holati esa hali aniqlanmagan”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada o‘zbekistonlik migrant sobiq sevgilisining qizini zo‘rlashda ayblangandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik tajovuz 4 nafar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing