Rossiyada o‘zbekistonlik migrant sobiq sevgilisining qizini zo‘rlashda ayblandi
3-sahifa
−
10 may
13632Rossiyaning Yekaterinburg shahrida O‘zbekiston fuqarosi o‘zining sobiq sevgilisining 22 yoshli qizini zo‘rlagani aytilmoqda. Bu haqda bugun, 10 may kuni “Komsomolskaya Pravda” nashri xabar berdi.
Nashrning yozishicha, voqea joriy yilning 2 may kuni sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi sobiq sevgilisining uyiga ruxsatsiz kirib kelgan. Xuddi shu paytda sevgilisining qizi uyda yolg‘iz uxlayotgan bo‘lgan. Vaziyatdan foydalangan erkak qizning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, uni tahqirlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ayblanuvchi ovqatlanayotgan paytda qiz qochishga muvaffaq bo‘lgan. U zudlik bilan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan.
"Ammo otryad yetib kelgan paytda erkak voqea joyini tark etgan edi. Qidiruv ishlari davomida gumonlanuvchi vokzalda qo‘lga olingan. O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan Rossiya tomonidan Jinoyat kodeksining “zo‘rlash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan”, deyiladi manbada.
Shuningdek, u avval ham avtomashina o‘g‘riligi uchun sudlangani ma’lum bo‘lgan.
Rayhona Ulkanbayeva