Rossiyada 32 yoshli o‘zbekistonlik erkak lift shaxtasiga qulab halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 7 oktyabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 32 yoshli o‘zbekistonlik erkak lift shaxtasiga yiqilish oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Fontanka.ru” xabar berdi

Qayd etilishicha, 32 yoshli marhum O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan, u Stachek shoh ko‘chasi, 59-uyda joylashgan 7 qavatli binoning yuqori qavatidan lift shaxtasiga tushib ketgan. 

“Vafot etgan o‘zbekistonlik ishlagan binodagi qurilish jarayoni Kapital ta’mirlash jamg‘armasining buyurtmasi bo‘lib, reja bo‘yicha ish keyingi haftada yakunlanishi kerak bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Hozirda prokuratura mazkur holatda Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilgan yoki yo‘qligini tekshirilmoqda. Shuningdek, huquq-tartibot idoralari ishchining o‘limi sabablarini o‘rganmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Voronej viloyatida qurilishda ishlagan o‘zbekistonlik erkak ish vaqtida ikkinchi qavatdan tushib ketgan edi. Shuningdek, Turkiyaning Istanbul shahrida o‘zbekistonlik fuqaro ikkinchi qavatdan yiqilib tushgani haqida xabar berilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya prokuratura lift lift shaxtasi Mehnatni muhofaza qilish o'zbekistonlik erkak

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made