Rossiyada 240 kishini olib ketayotgan samolyotda yong‘in chiqdi (video)
Olam
−
01 iyul 2023
16901Kecha, 30 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:04 da Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Pulkovo aeroportida Birlashgan Arab Amirliklariga uchishi kerak bo‘lgan samolyotda yong‘in chiqdi. Bu haqda “78.ru” Telegram-kanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Birlashgan Arab Amirliklarining Emirates aviakompaniyasiga tegishli bortida 240 kishi bo‘lgan Boeing 777 samolyoti havoga ko‘tarilishidan avval dvigatellarining biridan tutun chiqqan. Samolyot ekipaji avariya signalini berganidan so‘ng yo‘lovchilar zudlik bilan evakuatsiya qilingan.
Hodisa joyiga o‘t o‘chirish brigadasi chaqirilgan. Samolyot esa texnik sabablarga ko‘ra angarga qaytarilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda samolyot dvigateli tortib ketgan aeroport ishchisi maydalanib ketgandi.
Avvalroq Tokio aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi.
LiveBarchasi