AQSHda samolyot dvigateli tortib ketgan aeroport ishchisi maydalanib ketdi

Olam

image

AQSHning San-Antonio xalqaro aeroportida samolyot dvigateli tortib ketgan xodim maydalanib ketdi. Bu haqda anonim manbaga tayangan holda “The Guardian” xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 24 iyun kuni Texas shtatidagi San-Antonio xalqaro aeroportining shaxsiga oydinlik kiritilmagan xodimini samolyot dvigateli tortib ketgan.

AQSH Milliy transport xavfsizligi Kengashi rasmiylarining bayonotida aytilishicha, ishchining o‘limi Los-Anjelesdan kelgan Delta Air Lines samolyotining dvigatelida taxminan soat 10:25 da sodir bo‘lgan.

Mazkur hodisa yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ma’lumot berilmagan. Biroq anonimlik asosida guvohlik berganlar ishchining o‘limi ko‘proq o‘z joniga qasd qilishga o‘xshashini ta’kidlagan.

Aeroport xodimini ish bilan ta’minlagan Unifi Aviation kompaniyasi o‘z bayonotida  ishchining o‘limi Unifi operatsion jarayonlari, xavfsizlik tartib-qoidalari va siyosati bilan bog‘liq emasligini ko‘rsatgan. 

Shuningdek, bayonotda rasmiylar baxtsiz hodisa sodir bo‘lganidan boshqa narsa gumon qilinayotgani haqida batafsil ma’lumot bermagan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot dvigateli aeroport ishchisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar