Tokio aeroportida samolyotlar to‘qnashib ketdi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Tokiodagi Hanede aeroporti yo‘lagida manyovr qilayotgan ikki samolyot to‘qnashib ketdi. To‘qnashuv oqibatida uchish-qo‘nish yo‘laklaridan birini yopib qo‘yildi. Bu haqda Yaponiyaning Yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligi ma’lum qildi

Hodisa Tokiodan Bangkok va Taypeyga parvoz qilishi kerak bo‘lgan Thai Airways va Tayvanning Eva Airways aviakompaniyalari o‘rtasida sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, The Airways samolyoti bortida 264 yo‘lovchi, Eva Airways laynerida esa 207 yo‘lovchi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

NHK telekanali e’lon qilgan kadrlarda samolyot qanotlari shikastlanganini ko‘rish mumkin.

Yaponiyaning eng yirik aviakompaniyalari All Nippon Airways va Japan airlines ba’zi rejalashtirilgan reyslar kechiktirilishi mumkinligi haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yaponiya Tokio Hanede aeroporti samolyotlar to'qnashuvi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing