Rossiyada 13 yoshli qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
17 aprel 2023
15459Rossiyaning Leningrad viloyatida voyaga yetmagan 13 yoshli qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinib o‘zbekistonlik migrant qo‘lga olindi. Bu haqda “78.ru” sayti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, politsiyaga 42 yoshli ayol murojaat qilgan. U 14 aprel kuni kechqurun Pervomayskoye qishlog‘ining Sovetskaya ko‘chasidagi uylardan birining atrofida noma’lum shaxs uning 13 yoshli qizini kaltaklagani va jinsiy tajovuz qilgani haqida xabar bergan.
Mamlakat Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan qidiruv olib borilib, jinoyat sodir etishda gumonlangan 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan. U ayni paytda politsiya hibsxonasida saqlanmoqda.
Aytilishicha, jabrlanuvchining ahvoli qoniqarli holatda. U yopiq bosh miya jarohati, miya chayqalishi va badandagi bir qator ko‘karishlar bilan kasalxonaga yotqizilgan.
LiveBarchasi