Rossiya yarim yilga benzin eksportini cheklashni rejalashtirmoqda

Olam

image

Rossiya joriy yilning 1 martidan benzin eksportini vaqtincha taqiqlashni rejalashtirmoqda. Bu haqda bugun, 27 fevral kuni Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novakning vakiliga tayanib, TASS xabar berdi. 

Bildirilishicha, taqiq olti oy davom etadi va yozgi ta’til, dala ishlari va neftni qayta ishlash zavodlarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarini to‘xtatish vaqtida yonilg‘iga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun mo‘ljallangan. 

Bundan tashqari, hukumat neft kompaniyalarini birjada dizel yonilg‘isi sotishni umumiy ishlab chiqarishning 16 foizigacha oshirish majburiyatini olishi mumkin. Hozir norma 12,5 foizni tashkil etadi

Manbaga ko‘ra, benzin eksportiga kiritilgan cheklov Yevrosiyo Iqtisodiy Hamjamiyatiga a’zo davlatlar, shuningdek, Mo‘g‘uliston va O‘zbekistonga tatbiq etilmaydi.

Ma’lumot uchun, Rossiyada benzin eksportini taqiqlash 2023 yil 21 sentyabrdan 17 noyabrgacha amal qilgan. Uni bekor qilish to‘g‘risidagi qaror ichki bozor yonilg‘i bilan to‘yinganidan keyin qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya benzin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing