Rossiya yangi tinchlik sammitiga taklif qilinadi – Zelenskiy
Olam
−
13 Sentabr
111682024 yilning noyabriga mo‘ljallangan navbatdagi Global tinchlik sammiti tashkilotchilari Rossiyani taklif qilmoqchi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning bugun, 13 sentyabr kuni Kiyevdagi matbuot anjumanida so‘z ochdi.
Yaltadagi yillik Yevropa strategiyasi yig‘ilishi oldidan bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Zelenskiy sentyabr oyida AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan Rossiya boshlagan urushni tugatish bo‘yicha “g‘alaba rejasi”ni taqdim etish uchun yangi uchrashuv o‘tkazishini e’lon qildi.
“Le Monde”ning qayd etishicha, Zelenskiy hech qanday tafsilotlarni keltirmagan. Ukraina Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning taklifi “Ukrainaga bu urushni tinchlikka yo‘naltirish uchun yetarli kuch beradigan o‘zaro bog‘langan yechimlar tizimini” o‘z ichiga oladi.
Iyul oyi boshida “Bloomberg” agentligi Ukraina 2024 yil noyabriga rejalashtirilgan AQSH prezidentlik saylovlari oldidan Rossiya bilan harbiy mojaroni adolatli, tinch yo‘l bilan hal etishga erishish uchun yangi konferensiya o‘tkazishga va Rossiya Federatsiyasini bunga taklif qilishga intilayotgani haqida xabar berdi.
Ukraina rasmiylarining Amerika saylovlari oldidan uchrashuv o‘tkazish niyati, agar u saylovlarda g‘alaba qozonsa, “Ukrainadagi urushni to‘xtatishi” bilan maqtangan Donald Trampning Oq uyga qaytishi istiqboli bilan bog‘liq.
“Rossiya Ukraina tinchlik sammitlari kabi tadbirlarda ishtirok etish niyatida emas”, degandi Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin 11 iyul kuni RIA Novosti agentligiga.
U buni potensial uchrashuvning mazmuni “juda aniq”, chunki u Ukraina tinchlik formulasini “o‘tkazib yuborishi” va boshqa tashabbuslarni “e’tiborsiz qoldirishi” bilan oqladi.
Birinchi Global Tinchlik Sammiti joriy yilning iyun oyida Shveysariyada bo‘lib o‘tdi va unda 90 dan ortiq davlat vakillari qatnashdi. Rossiya taklif etilmadi, bir qancha davlatlar quyi darajadagi delegatsiyalarni yubordi va Kiyevning global janubdagi muhim davlatlarni o‘z tomoniga tortishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi, chunki ularning ba’zilari yakuniy bayonotni imzolashdan bosh tortdi.
LiveBarchasi