Rossiya yana Ukraina hududlariga dron hujumi uyushtirdi
Olam
−
30 Sentabr
4725Bugun, 30 sentyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari dronlar yordamida Ukraina hududlariga navbatdagi hujumni uyushtirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Kiyev va Ukrainaning bir qator boshqa viloyatlarida havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 2:00 da Kiyev shahar harbiy boshqarmasi rahbari Sergey Popko Telegram’da poytaxtda havo hujumidan mudofaa tizimlari ishlayotgani haqida xabar berdi.
Xuddi shu ma’lumotni Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi ham tarqatdi. Keyinroq Ukraina vaqti bilan taxminan 4:30 da “Reuters” Kiyevdagi portlashlar haqida xabar berdi.
Guvohlarning “Reuters” agentligiga aytishicha, bugun, 30 sentyabr kuni Ukraina poytaxti Kiyevda harbiylar Rossiya uchuvchisiz samolyotlaridan hujumlar uyushtirganini aytganidan keyin havo hujumidan mudofaa tizimlariga o‘xshash yangi portlashlar eshitilgan.
O‘z navbatida, Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari kechasi Kiyev, Chernigov va Poltava viloyatlari osmonida uchuvchisiz samolyotlar hujumga uchragani haqida xabar berdi.
Ayni paytda “Ukrzaliznitsa” temiryo‘l kompaniyasi Telegram’da Rossiyaning Nikolay viloyatini o‘qqa tutishi tufayli Dolinskaya-Nikolayev uchastkasi poyezdlar harakati uchun yopilganini yozdi.
"121/122 Kiyev - Nikolayev poyezdi Dolinskaya stansiyasiga boradi. Qanday bo‘lmasin, biz yo‘lovchilardan ertalabgacha vagonda qolishlarini va hozir biz tashkil etayotgan Dolinskaya - Nikolayev avtobusini kutishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi