Rossiya yana bir davlat diplomatlarini quvdi

Olam

image

Moskva rossiyalik diplomatlarning Daniyadan chiqarib yuborilishi munosabati bilan Qirollikning Rossiyadagi elchixonasining yetti nafar xodimini “persona non grata” deb e’lon qildi. Bu haqda bugun, 5 may kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda ma’lum qilindi.

“[Daniya] elchisiga javob chorasi sifatida Daniya Qirolligining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasining yetti nafar xodimi “persona non grata” deb e’lon qilingani bildirildi. Ular ikki hafta ichida mamlakatni tark etishlari kerak. Daniya diplomatik missiyasi diplomatiga viza berish ham rad etildi”, deyiladi vazirlik xabarida.

TIV Rossiya tomoni Kopengagenning nodo‘stona harakatlariga javoban qo‘shimcha choralar ko‘rish huquqini saqlab qolishini, bu haqda Daniya tomoniga keyinroq xabar berilishini ta’kidlagan.

Daniyaning Moskvadagi elchisi Karsten Syondergord bugun, 5 may kuni Rossiya diplomatik idorasiga chaqirilib, u yerda 15 nafar rossiyalik diplomatning Kopengagendan chiqarib yuborilishi yuzasidan keskin norozilik bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya aprel oyida Yevropa Ittifoqi, Bolgariya va Germaniyaning mamlakatdagi diplomatlarini chiqarib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

290

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing