Rossiya yana bir “bahona” bilan migrantlarga boj joriy qilmoqchi

Olam

image

Rossiya hukumatiga mehnat migrantlardan maoshning 5,1 foizi miqdorida soliq undirish taklifi bildirildi. Ushbu mablag‘lar esa aynan o‘sha migrantlarning o‘zlari uchun mo‘ljallangan ta’lim dasturlarini rivojlantirishga yo‘naltirilishi aytilmoqda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Tegishli murojaat Ijtimoiy-iqtisodiy tahlil va rivojlanish dasturlari instituti tomonidan Bosh vazir Mixail Mishustinga yuborilgan.

Qayd etilishicha, taklif etilayotgan soliq miqdori yagona ijtimoiy soliq tarkibidagi majburiy tibbiy sug‘urta badallariga teng.

Mazkur to‘lovlardan tushadigan mablag‘lar maqsadli tarzda quyidagilarga yo‘naltirilishi aytilmoqda: rus tilini va Rossiya qonunchiligining asoslarini o‘rgatish bo‘yicha ta’lim dasturlariga, madaniy-ma’rifiy tadbirlarga (Rossiya jamiyatining an’analari, tarixi va dunyoviy normalari bilan tanishtirish) hamda ijtimoiy moslashuvga (mahalliy aholi manfaatlariga zid bo‘lmagan integratsiyaga ko‘maklashish).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat Dumasida bu hafta migrantlar uchun yangi davlat bojlari joriy etishga oid qonun loyihalari ko‘rib chiqilishi xabar qilingandi. Yangi tartibga ko‘ra, chet ellik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga patent berish yoki uni qayta rasmiylashtirish uchun 4200 rubl, mehnat ruxsatnomasini uzaytirish uchun yana 4200 rubl, patent yoki ruxsatnoma nusxasini berish va unga o‘zgartirish kiritish uchun esa 2100 rubl boj to‘lash taklif qilinmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya boj mehnat migrantlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing