Rossiya Yaman husiylariga qurol bermoqchi bo‘ldi – CNN
Olam
−
03 avgust
13532Joriy yilning iyul oyi oxirida Rossiya Yaman husiylariga raketa va boshqa harbiy texnika jo‘natish niyatida bo‘lgan, biroq Saudiya Arabistoni va AQSHning sa’y-harakatlaridan keyin “so‘nggi daqiqada” o‘z rejasidan voz kechgan. Bu haqda manbalarga tayanib, Amerikaning CNN telekanali xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, “saudiyaliklar Rossiyani o‘zining eng yirik raqiblaridan birini qurollantirishdan ogohlantirgan”.
Ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar ham sa’y-harakatlarni amalga oshirib, Ar-Riyoddan Oq uy tomonidan global terrorchi tashkilot sifatida tan olingan husiylarni qurollantirmaslikka “Moskvani ishontirish”ni alohida so‘ragan.
“Biroq AQSH razvedkasi Saudiya Arabistonining ogohlantirishlari hal qiluvchi bo‘lganmi yoki Kremlni husiylarga qurol yetkazib berishdan bosh tortishga undagan ko‘plab omillardan biri ekanligini bilmaydi”, deya ta’kidlaydi CNN.
AQSH rasmiylariga ko‘ra, Moskva husiylarni qurollantirish va maslahatlashishga Jo Bayden ma’muriyatiga Kiyevga Rossiya hududiga zarbalar berishga ruxsat bergani uchun “tovon to‘lash” usuli sifatida qaraydi. Husiylarga qurol yetkazib berish hozircha qoldirilgan bo‘lsa-da, Rossiya Federatsiyasi ularga “yordam ko‘rsatish” uchun Yamanga harbiy xizmatchilarni jo‘natmoqda.
CNN suhbatdoshlariga ko‘ra, ular Qizil dengizning janubiy qismida Rossiya kemalarining “noodatiy to‘xtashini” va harbiy xizmatchilarning tushganini kuzatgan, keyin ularni husiylar olib ketgan. Bildirilishicha, Rossiya harbiylarida katta qurollar yoki ular uchun komponentlar yo‘q edi.
LiveBarchasi