Rossiya viza asosida ishlovchi xorijliklar uchun kvotani 20 foizga qisqartirdi
Olam
−
12 dekabr 2019
4155Rossiya hukumati viza asosida mamlakatga keladigan xorijliklar uchun ishlash uchun ruxsatnomalar bo‘yicha kvotani tasdiqladi. 2020 yilga kvota 105 ming kishi etib belgilandi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Qayd etilishicha, kvota o‘tgan yildagiga nisbatan 25 foizdan ortiqqa kamaytirilgan.
2019 yilda kvota 144,5 ming kishi bo‘lgan, 2018 yil bilan solishtirilganda taxminan 20 foizga kamaytirildi. 2020 yilda ruxsatnomalar soni 27 foizga qisqardi.
“Federatsiya sub’ektlari takliflari asosida 2020 yilda chet el ishchilarini jalb qilish talabi aniqlandi - 104, 99 ming kishi, bu 2019 yilga belgilangan ehtiyojlarning 72,6 foizini tashkil etadi. Rossiyaga kirish uchun taklifnomalar va chet el fuqarolariga ishlash uchun ruxsatnomalar berish kvotalari bir xil miqdorda belgilandi”, deyiladi xabarda.
2019 yil birinchi yarmida Rossiyaga ishlash uchun 2,4 million xorijlik kelgan. Bular asosan MDH fuqarolari. Keluvchilar soni bo‘yicha yetakchi o‘rinda Tojikiston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Ukraina va Qozog‘iston fuqarolari turibdi.
LiveBarchasi