“Rossiya vassali”: Makron Lukashenko bilan Ukrainadagi urushni muhokama qildi

Olam

image

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Tomonlar Ukrainadagi urushni muhokama qilgan. Bu haqda Yelisey saroyi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Makron Lukashenkoga “Belarus va ukrain xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari Belarusni Ukrainaga qarshi urushda Rossiyaning vassali va haqiqiy sherigi bo‘lishdan bosh tortishga undashi kerakligini” aytgan.

O‘z navbatida, “Pul pervogo” Telegram kanali Lukashenko Makron bilan Yevropa kelajagi, Ukrainadagi urush, Belarus-Rossiya munosabatlari va Belarusda yadro qurolini joylashtirish imkoniyatlarini muhokama qilgani haqida xabar bergan.

“Suhbatning muhim qismi Yevropaning kelajagi va Belarusning ushbu dunyo tartibidagi o‘rnini muhokama qilishga bag‘ishlandi, shuningdek, Belarus va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar haqida so‘z yuritildi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, Lukashenko Belarus hududida yadro quroli joylashtirilgani haqidagi xabarni soxta deb atagan. Bundan tashqari, u Rossiya-Ukraina tinchlik muzokaralarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Emmanuel' Makron Aleksandr Lukashenko Frantsiya-Belarus'

Baholaganlar

699

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing