Rossiya va Ukraina asirlarni almashdi

Olam

image

Bugun, 5 fevral kuni Rossiya-Ukraina o‘rtasida kechgan muzokaralar natijasida 150 nafar rossiyalik harbiy Ukraina nazorati ostidagi hududdan qaytarildi. Qolaversa, Ukraina Qurolli Kuchlarining 150 nafar harbiy asirlari topshirildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Rossiya tomonidan qabul qilingan askarlar hozirda Belarus Respublikasida qolmoqda. 

“Hozirda barcha rossiyalik harbiy xizmatchilar Belarus Respublikasi hududida bo‘lib, u yerda ularga zarur psixologik va tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, shuningdek, qarindoshlari bilan bog‘lanish imkoniyati mavjud”, deyiladi rasmiy xabarda. 

Qolaversa, Rossiyaga qaytayotgan askarlar tibbiyot muassasalarida davolanishi va reabilitatsiya qilinishi ham ma’lum qilingan. 

“Barcha ozod etilgan harbiy xizmatchilar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining tibbiyot muassasalarida davolanish va reabilitatsiya qilish uchun Rossiyaga olib ketiladi”, deyiladi xabarda. 

Ukraina tomoniga topshirilganlar orasida esa Qurolli kuchlarning turli bo‘linmalari, jumladan Mariupol va Zaporoje viloyatida asirga olingan harbiy xizmatchilar ham bo‘lgan.

Shuningdek, ikkala mamlakat ham almashinuvga yordam bergan hamkorlarga, jumladan Birlashgan Arab Amirliklariga minnatdorchilik bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va Ukraina o‘rtasida halok bo‘lgan harbiylarning jasadlari almashtirilgandi. Halok bo‘lgan 49 askarning jasadi Rossiyaga qaytarilgan. 757 nafar jasad esa Ukraina tomoniga qaytarilgan. Qolaversa, joriy yilning yanvar oyi o‘rtalarida Rossiya va Ukraina “25 ga 25” formatida asirlar almashgandi. Ushbu almashinuvda ham BAA vositachi sifatida ishtirok etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina almashinuv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing