Rossiya va Ukraina harbiylarning jasadlarini almashdi

Olam

image

Kecha, 19 avgust kuni Ukraina va Rossiya navbatdagi harbiy xizmatchilarning jasadlarini almashtirdi. Bu haqda Rossiya Prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy Telegram-kanalida xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Kiyev ming nafar halok bo‘lgan askar jasadlarini olgan, Moskva esa 19 nafar jasadni qabul qilgan.

“Bugun Ukraina tomoniga 1000 nafar Ukraina Qurolli kuchlari askarining jasadlarini topshirdik. Biz esa 19 ta jasad oldik, xuddi bir oy oldingi kabi”, deya yozgan Medinskiy. 

Ma’lumot uchun, 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida Rossiya va Ukraina og‘ir yaralangan askarlar va 25 yoshgacha bo‘lgan asirlarni almashish, shuningdek, urushda halok bo‘lgan 6000 askar jasadini topshirishga kelishib olgandi. 16 iyun kuni Medinskiy Rossiya 6060 halok bo‘lgan ukrainalik askarning jasadlarini Ukrainaga topshirgani haqida xabar berdi. O‘z navbatida, Ukraina halok bo‘lgan 78 askar jasadini Rossiyaga topshirdi.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning ta’kidlashicha, halok bo‘lgan askarlarning jasadlarini almashish chog‘ida Rossiya tomoni Ukraina askarlari niqobi ostida Rossiya va boshqa davlatlar fuqarolarining jasadlarini Kiyevga topshirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Ukraina Qurolli kuchlarining 3000 nafar askarining jasadini Ukrainaga, Ukraina esa halok bo‘lgan rossiyalik 19 askarning jasadini Rossiyaga topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya jasad Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing