Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyoga tahdid solmoqda – Blinken
Olam
−
26 Sentabr 2023 7129 1 daqiqa
AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Rossiya va KXDR o‘rtasidagi harbiy hamkorlik butun dunyo uchun xavf tug‘dirayotganini aytdi. Bu haqda Blinken AQSH-Janubiy Koreya munosabatlariga bag‘ishlangan yillik forumda so‘z ochdi.
“Biz Rossiya-Shimoliy Koreya harbiy hamkorligi global tinchlik va xavfsizlikka tahdid solayotgan xavfli yo‘llarni ko‘rsatish uchun boshqa hamkorlar va ittifoqchilar bilan birgalikda ishlayapmiz”, degan Blinken.
Uning fikricha, Rossiya astoydil “uskunalar, ta’minot, texnologiya” izlamoqda, KXDR esa “raketa dasturlarini mustahkamlash va rivojlantirish uchun yordam so‘ramoqda”.
Eslatib o‘tamiz, shu oy o‘rtalarida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Rossiyaga kelib, Prezident Putin bilan uchrashgan va mamlakatdagi bir qancha harbiy ob’ektlarni ko‘zdan kechirgandi. 20 sentyabr kuni Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida Shimoliy Koreya va Rossiya o‘rtasidagi so‘nggi aloqalar hamda ehtimoliy hamkorlik yuzasidan dunyo yetakchilarini ogohlantirgandi. Keyinchalik Nyu-Yorkda Janubiy Koreya Tashqi ishlar vaziri Pak Chin hamda uning amerikalik va yaponiyalik mavqedoshlari bilan uchrashuvida Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi ehtimoliy qurol-yarog‘ bitimiga qarshi chora ko‘rishga kelishib olingandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr