Rossiya va KXDR kelishuvi “Osiyo NATOsi”ga javob bo‘ladi – ekspert

Olam

image

Rossiya Fanlar akademiyasining Xitoy va zamonaviy Osiyo instituti qoshidagi Koreya tadqiqotlari markazi yetakchi ilmiy xodimi Konstantin Asmolov Shimoliy Koreya hamda Rossiya o‘rtasida kutilayotgan yangi kelishuvni “Osiyo NATOsi”ga javob deb baholadi. Bu haqda TASS xabar berdi.

Ekspertning nashrga bergan intervyusiga ko‘ra, NATOning osiyocha variantini yaratish uchun to‘xtovsiz intilayotgan AQSH, Yaponiya va Janubiy Koreyaga bu juda og‘ir keladi.

“Bu qaysidir ma’noda javob. Chunki Vashington-Tokio-Seul uchburchagi Moskva-Pekin-Pxenyan uchburchagidan ko‘ra ko‘proq institutsionallashtirilgan. Bu esa ularning oddiy tahdid bilan birlashgan davlatlar ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu uchburchakning yaratilishi Moskva va Pxenyan o‘rtasidagi dahshatli va yashirin hamkorlik bilan yana bir bor o‘z isbotini topadi”, deydi mutaxassis.

Asmolov, shuningdek, keng qamrovli strategik sheriklik rasmiy ravishda munosabatlarning eng yuqori darajasi ekanligiga e’tibor qaratdi. 

“Shartnoma qo‘llab-quvvatlanishining o‘zi allaqachon juda yuqori daraja bo‘lsa-da, bu kelishuv qanchalik harbiy-siyosiy tarkibga ega bo‘lishi haqida rus tilidagi G‘arb matbuotlarida juda ko‘p mish-mishlar yuribdi”, deya qo‘shimcha qilgan tahlilchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq KXDR Rossiyani Amerikaga qarshi ittifoqchi sifatida ko‘rayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Putinning tez orada Shimoliy Koreya va Vetnamga borishi aytilgandi. Shu bilan birga, rasmiy Pxenyan Rossiya Prezidenti kelishi uchun hamma narsa tayyorligini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya KXDR

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing