Kaspiy Rossiya va Eron “oldi-berdi”sini saqlab turibdi

Olam

image

So‘nggi oylarda Rossiya va Eron o‘rtasidagi savdo aylanmasi Kaspiy dengizi orqali logistika yo‘nalishlarining qayta tashkil qilinishi fonida sezilarli darajada oshdi. Bu haqda “The New York Times” Rossiya savdo sohasi vakillari va port statistikasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Yangi logistika yo‘li

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashganidan keyin Hormuz bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati cheklangani sabab Kaspiy dengizi asosiy muqobil yo‘nalishga aylangan.

Avvallari mintaqa davlatlari o‘rtasidagi yuk tashuvlarining katta qismi aynan Hormuz bo‘g‘ozi orqali amalga oshirilar edi. Endi esa, asosiy yuklama Kaspiy yo‘nalishiga tushgan. Dengiz hududidagi to‘rtta Eron porti bug‘doy, makkajo‘xori, chorva yemlari, kungaboqar yog‘i va ilgari janubiy dengiz yo‘llari orqali tashilgan boshqa mahsulotlarni qabul qilmoqda.

Haloskor Kaspiy

NYT’ning ta’kidlashicha, 13 apreldan beri Amerika harbiylari Eron portlariga Hormuz dengiz koridori orqali kiradigan kemalar harakatini to‘sib kelmoqda. Shu bilan birga, Kaspiy dengiziga kirish imkoniyati faqat dengiz bo‘yida joylashgan davlatlar bilan cheklangani uchun bu yo‘nalish tashqi aralashuvlarga nisbatan cheklangan hisoblanadi.

Nashr shuni ham qayd etadiki, Yaqin Sharqdagi beqarorlik sharoitida Kaspiy orqali savdo qilish yanada qulay bo‘lib qolgan. Tahlilchilarning fikricha, yil yakuniga borib Rossiya va Eron o‘rtasidagi Kaspiy dengizi orqali yuk tashish hajmi ikki barobargacha oshishi mumkin.

Nimalar tashilmoqda?

Amerika manbalariga ko‘ra, Kaspiy dengizi nafaqat oziq-ovqat mahsulotlari, balki ayrim sanoat komponentlari, jumladan dron tizimlari uchun ehtiyot qismlarni tashishda ham qo‘llanilishi mumkin. Qo‘shimcha omil sifatida Eronning mintaqadagi mojaro boshlanganidan keyin barcha oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini vaqtincha taqiqlagani ham ko‘rsatilgan. Rossiyaning Tehrondagi savdo vakolatxonasining ma’lumotiga ko‘ra, aynan shu toifadagi mahsulotlar avval Erondan Rossiyaga yetkazib beriladigan tovarlarning 60 foizidan ortig‘ini tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, Eron yaqinda tinchlik muzokarasidagi taklifida AQSHdan dengiz blokadasini to‘xtatish, sanksiyalarni bekor qilish, Eron nefti eksportiga qo‘yilgan taqiqni olib tashlash hamda yangi hujumlar bo‘lmasligiga kafolat berishini talab qilgandi. Shuningdek, Eron urushdan yetkazilgan zarar uchun tovon talab qilib, avval jahon nefti va suyultirilgan gaz yetkazib berishining taxminan 20 foizi tranzit bo‘ladigan Hormuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘z qo‘lida ekanini ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronning yangi tinchlik takliflarini keskin rad etgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Eron Kaspiy oldi-berdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing