Rossiya o‘zini ofat bilan birlashtiradi – Zelenskiy
Olam
−
30 Sentabr 2022
8399Rossiya Ukrainaning hududlarini qo‘shib olmaydi, balki o‘zini fojia bilan birlashtiradi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy an’anaviy videomurojaatida aytib o‘tdi.
“Bugun men buni Kavkaz, Sibir, Rossiyaning boshqa mahalliy xalqlariga tushuntirdim. Va endi bu mamlakatdagi hamma uchun takror aytaman: Rossiya Ukrainaning yangi hududini olmaydi. Rossiya mamlakatimizning bosib olingan hududiga olib kelgan falokatga o‘zini qo‘shadi. Rossiya o‘zini “DXR” va “LXR” deb ataladigan birikmalarga tenglashtiryapti va nihoyat Rossiyada saqlanib qolgan oddiy davlatchilik institutlarini butkul o‘ldiryapti.
Bosqinchi Ukrainaning bosib olingan hududini qabrlar bilan to‘ldiryapti, Rossiyaning o‘zida ham qabrlar tobora ko‘payyapti. Bosqinchi bosib olingan hududda qiynoq kameralarini o‘rnatyapti – va butun Rossiya hududini qiynoq kameralari bilan to‘ldiryapti. Rossiya politsiyasi va maxsus xizmatlari endi faqat shu tarzda ishlaydi. Rossiyada qonun buzildi. Rossiyadan bu o‘limlar, bezorilik, zo‘rlashlar olib kelganlar esa ularni uylariga olib ketadi”, deydi Zelenskiy.
Zelenskiyning qayd etishicha, rossiyalik bosqinchi bosib olingan hududda hamma joyda hayot uchun har qanday poydevorni – iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyatni buzmoqda.
“Rossiyada bir kishi bu urushni davom ettirmoqchi ekanining bahosi butun rus jamiyati normal iqtisodiyotsiz, munosib hayotdan va hech bir insoniy qadriyatlarga hurmatdan mosuvo bo‘lishi bilan teng”, deydi Zelenskiy.
U so‘zida davom etib, hamon bu xunrezlikning oldini olish mumkinligini ta’kidlagan.
“Uni hali ham to‘xtatish mumkin. Ammo buni to‘xtatish uchun biz Rossiyada urushni hayotdan ko‘ra ko‘proq xohlaydigan bir odamni to‘xtatishimiz kerak”, degan Ukraina Prezidenti so‘zi so‘nggida.
Rossiya Federatsiyasi tarkibiga qo‘shilish bo‘yicha bir tomonlama referendumlar 23–27 sentyabr kuni bir vaqtning o‘zida to‘rtta mintaqada –DXR, LXR, Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazildi. Mintaqaviy saylov komissiyalari ma’lumotlariga ko‘ra, ovoz berganlarning aksariyati ushbu hududlarni Rossiya Federatsiyasi tarkibiga sub’ekt sifatida kiritish tarafdori bo‘lgan.
Bugun, 30 sentyabr kuni Moskvadagi Katta Kreml saroyida yangi hududlarni Rossiya tarkibiga qo‘shish to‘g‘risidagi shartnomani imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda Prezident Vladimir Putin ham qatanashishi kutilmoqda.
LiveBarchasi