Rossiya O‘zbekistondan quruvchi-migrantlar kirishini to‘xtatmoqchi
Olam
−
14 fevral 2023
36523Rossiya Mehnat vazirligi O‘zbekistondan quruvchilarni Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish bo‘yicha 2021 yilda boshlangan tajriba loyihasini to‘xtatishni taklif qilmoqda. Tegishli hukumat qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari federal portalida joylashtirilgan.
Loyihaga ko‘ra, hukumatning 2021 yil 6 oktyabrdagi qarori to‘xtatiladi.
Loyiha O‘zbekistondan mamlakatga 10 000 quruvchini jalb qilishni o‘z ichiga olgan. Shu bilan birga, ular kovidga qarshi emlanishlari yoki kasallikni o‘tkazganini tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishlari kerak edi.
Rossiya Federatsiyasi Qurilish vazirligi rahbari o‘rinbosari Nikita Stasishinning tushuntirishicha, loyiha sanitariya-epidemiologiya xavfsizligini ta’minlash zaruratini hisobga olgan holda O‘zbekistondan mehnat muhojirlarini jalb qilish bo‘yicha aniq amaliy qadamlarga o‘tish imkonini beradi. Nafaqat uy-joy, balki yirik infratuzilma loyihalarini ham qurish uchun mehnat resurslarini jalb qilish rejalashtirilgan edi.
LiveBarchasi