Rossiya O‘zbekiston bilan temir yo‘l qatnovini to‘xtatdi
Olam
−
17 mart 2020
5667“Rossiya temir yo‘llari” (RTY) Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan temir yo‘l qatnovlarini to‘xtatishga qaror qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, koronavirus infeksiyasining keng ko‘lamda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun shunday choralar ko‘rilyapti. Vaqtinchalik taqiq 16 martdan toki maxsus qror bo‘lmaguncha amal qiladi.
Avvalroq, Rossiya Belarus bilan chegarasini vaqtincha qisman yopgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, Rossiyada shu vaqtgacha 93 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan va ularning 8 nafari davolanib, kasallikdan forig‘ bo‘lgan.