Abdulla Aripov RF Bosh vaziri bilan koronavirus pandemiyasini muhokama qildi

Jamiyat

image
O‘zbekiston elchixonasi RFdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi north_east

O‘zbekiston elchixonasi RFdagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda RF hukumat portalida ma’lum qilindi.

Muloqot davomida yangi koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilindi. Mixail Mishustin davlat xavfsizligini ta’minlash, aholi salomatligini saqlash va koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 2020 yil 18 mart soat 00:00 dan 2020 yil 1 may soat 00:00 gacha chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyaga kirishi vaqtincha cheklanishi haqida ma’lumot berdi.

Bu cheklov Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlariga, xalqaro avtomobil transporti haydovchilariga, havo, dengiz va daryo kemalari ekipajlariga, xalqaro temir yo‘l qatnovidagi poyezd va lokomotiv brigadalariga, rasmiy delegatsiyalar a’zolari hamda diplomatik, rasmiy, yaqin qarindoshi vafoti munosabati bilan rasmiylashtirilgan oddiy shaxsiy vizalarga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan ko‘llanilmasligi ta’kidlandi.

Mixail Mishustin telefon orqali muloqot davomida Rossiya tomonidan ko‘rilayotgan choralar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga mos kelishi, bu yuzaga kelgan noodatiy holat sabab qo‘llanilayotgani hamda vaqtinchalik ekanligini ta’kidladi.

Hukumat rahbarlari kelajakda koronavirus infeksiyasining tarqalalishi xavfi yuzasidan doimiy muloqotda bo‘lishga kelishib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya Abdulla Aripov Mixail Mishustin

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing