Rossiya O‘zbekiston bilan aviaqatnov uchun kiritilgan cheklovlarni bekor qildi
Olam
−
11 mart 2022 11279 1 daqiqa
Rossiya Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Eronga rejadan tashqari va muntazam reyslarga COVID-19 tufayli kiritilgan cheklovlarni o‘zaro asosda olib tashlamoqda. Bu haqda Federatsiya Havo transporti federal agentligi xabar berdi.
“Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2022 yil 9 martdagi qaroriga muvofiq, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston va Eronga COVID-19 tarqalishining oldini olish doirasida ilgari kiritilgan rejadan tashqari va rejali reyslarga cheklovlari bekor qilindi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Belarus, Dominikan Respublikasi, Misr (Qohira bundan mustasno), Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, Finlyandiya, Chexiya, Shveysariya, Janubiy Koreya va Kubaga parvozlar uchun kovid cheklovlari butunlay olib tashlangan edi.
Qayd etilishicha, bu davlatlarga parvozlar endilikda faqat havo qatnovi bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar va mamlakatlar aviatsiya ma’murlari o‘rtasidagi alohida kelishuvlar qoidalari bilan cheklanadi.
“Aviakompaniyalar muntazam va rejadan tashqari parvozlarni amalga oshirishda Rossiya Federatsiyasi Bosh davlat sanitariya vrachining “COVID-19 tarqalishining oldini olish uchun izolyatsiyani ta’minlash to‘g‘risida”gi qarori qoidalariga rioya qilishlari shart”, deya qo‘shimcha qilmoqda Havo transporti federal agentligi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr