Rossiya uyushtirgan havo hujumi oqibatida tinch aholi halok bo‘ldi

Olam

image

Rossiya havo kuchlari Ukraina bo‘ylab shaharlar, jumladan, poytaxt Kiyevga ham havo hujumi uyushtirdi, oqibatda kamida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Dnepr meri esa hujum oqibatida shaharda bir ayol va uch yoshli bola halok bo‘lganini ma’lum qilgan.

Shuningdek, Uman shahrida ham turar-joy binolariga raketalar tushishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgan. U yerdagi to‘qqiz qavatli turar-joy binosi jiddiy shikastlangan. Kremenchug va Poltava shaharlarida ham portlashlar sodir bo‘lgan.

Rasmiylarga ko‘ra, Kiyevda 2 ta dron va 21 ta raketa Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan. Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari bu Rossiyaning so‘nggi 51 kun ichida poytaxtga uyushtirgan birinchi raketa hujumi ekanini aytgan. Poytaxtda tinch aholi qurbonlari haqida hozircha ma’lumotlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing