Rossiya urush boshidan buyon 300 ming askarini yo‘qotdi – NATO

Olam

image

Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan beri Rossiya armiyasining 300 mingdan ortiq askari qurbon bo‘ldi va yaralandi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg bugun, 29 noyabr kuni Bryusselda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ham ishtirok etgan NATO Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida aytdi. 

“Harbiy jihatdan Rossiya oddiy qurolli kuchlarining muhim qismini yo‘qotdi”, deydi Stoltenberg.

U 300 ming kishidan qanchasi halok bo‘lgani va qanchasi yaralanganiga aniqlik kiritmagan. Germaniyaning DPA agentligi qayd etishicha, NATOning Ukraina tomonidagi yo‘qotishlari haqidagi taxminlari ham aytilmagan.

Rossiya yo‘qotishlari haqida gapirar ekan, Yens Stoltenberg katta yo‘qotishlar Ukrainadagi urushni tezda tugatishga olib keladi, degan umidlanishlardan ogohlantirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qurbonlar haqida gap ketganda “bag‘rikenglikning yuqori chegarasiga” ega.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri qancha harbiy xizmatchi halok bo‘lgani aniq ma’lum emas. “The New York Times” gazetasining avgust oyida yozishicha, AQSH ma’muriyati Rossiya tomonining yo‘qotishlarini 120 ming kishi va yaradorlarni esa 170-180 ming kishi deb hisoblamoqda. Amerika razvedkasi o‘shanda Ukrainadan 70 ming kishi halok bo‘lgan va 120 ming kishi yaralangan deb hisoblagan.

Rossiya ommaviy axborot vositalari, joriy yilning 15 noyabr holatiga ko‘ra, ochiq ma’lumotlarga asoslanib, kamida 37 ming rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi. Ushbu ma’lumotlar faqat qarindoshlar, mansabdor shaxslar, ommaviy axborot vositalari yoki qabristonlardan olingan fotosuratlar tomonidan tasdiqlangan xabarlar asosida tuzilgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing