Rossiya Ukrainaning eng yirik portiga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 19 may kuni ertalab Rossiya havo hujumi oqibatida Ukrainaning Izmaildagi port infratuzilmasi zarar ko‘rdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, Dunay daryosidagi eng yirik Ukraina portlaridan biri hisoblangan Izmail strategik ahamiyatga ega hudud bo‘lib, u tez-tez hujumlarga uchrab kelmoqda. Hujum oqibatida port inshootlari shikastlangan, biroq qurbonlar yoki jiddiy vayronagarchiliklar qayd etilmagan.

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya rasmiylari Moskvaga yo‘naltirilgan to‘rtta Ukraina droni urib tushirilganini ma’lum qildi. Moskva meri Sergey Sobyanin poytaxtga uchirilgan dronlar yo‘q qilinganini va favqulodda xizmatlar ishga jalb etilganini bildirdi.

Ukrainaning Xarkov shahrida esa, Rossiya dron hujumidan ikki kishi qutqarilgan, yana bir kishi vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvlaroq Rossiya tomonidan Ukrainaga uyushtirilgan tungi hujumlar oqibatida 1 kishi halok bo‘lgani va 30 dan ortiq odam yaralangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya havo hujumi port Izmail

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing