Rossiya Ukrainani o‘qqa tutdi
Olam
−
22 mart 2024 10955 2 daqiqa
22 martga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainani navbatdagi yirik raketa hujumiga duchor qildi. Bu haqda “News.ru” xabar berdi.
Erta tongda butun Ukraina bo‘ylab havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Bungacha Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari vatandoshlarini Rossiyaning Kaspiy dengizi hududidan qanotli raketalari uchirilishi va Nijniy Novgorod viloyatidagi Savasleyka aerodromidan MiG-31K qiruvchi samolyotlari uchirilishi haqida ogohlantirgan edi.
Buning ortidan Dnepr tomon uchayotgan gipertovushli Kinjal raketasi, Cherkasskiy viloyatidagi qanotli raketa Uman tomon harakatlanayotgani, shuningdek, Chernigov va Poltava viloyatlari chegarasidagi qanotli raketalar Kiyev tomon uchayotgani haqida ogohlantirishlar paydo bo‘ldi.
Xarkovda otishma paytida 15 ga yaqin portlash sodir bo‘ldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ruslarning nishonlari Xarkov energetika tuzilmasi ob’ektlari bo‘lgan. Portlashlardan keyin bir qancha joylarda yong‘inlar boshlandi.
Xarbkov shahar meri IgorTerexovning so‘zlariga ko‘ra, nasos podstansiyalarida quvvat yo‘qolgani sababli shaharda suv ta’minotida muammolar yuzaga kelgan.
Mamlakat vaqti bilan soat 4:10 atrofida Zaporojeda portlashlar sodir bo‘ldi. Zaporoje viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ivan Fyodorov sakkizta raketa zarbasi berilganini ma’lum qildi.
“Infratuzilma ob’ektlari shikastlangan, fuqarolarning uylari shikastlangan. Biz qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni tekshirmoqdamiz”, deyiladi uning postida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukrainadagi Dnepropetrovsk viloyatining Krivoy Rog shahrida Rossiya hujumi oqibatida 4 kishi halok bo‘lib, 43 kishi, jumladan 12 bola yaralangandi.
Live
Barchasi