Rossiya Ukrainaga yangi raketa hujumlari uyushtirishga tayyorlanmoqda – Zelenskiy 

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy kecha, 27 noyabr kuni Rossiya mamlakatga yangi raketa hujumlarini rejalashtirayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u odamlarni elektr uzilishining to‘lqini davom etishidan ogohlantirdi. Bu haqda “Reuters” agentligi yozmoqda.

27 noyabr kuni Kiyevda qor yog‘ib, havo harorati sovuqligicha qoldi. Shahar ma’muriyati ishchilar elektr, suv va issiqlik ta’minotini tiklash ishlarini yakunlash arafasida turganini aytdi. Biroq yuqori iste’mol darajasi ba’zi uzilishlar kiritilishini anglatadi. Kiyev va uning atrofida millionlab odamlar Rossiya havo hujumlari to‘lqinlari sabab bo‘lgan uzilishlarga dosh berdi.

“Terrorchilar yangi zarbalar rejalashtirayotganini tushunamiz. Biz buni aniq bilamiz. Afsuski, ularda raketalar bor ekan, tinchishmaydi”, deydi Zelenskiy.

Ukraina Prezidentiga ko‘ra, joriy haftada ham mamlakat bo‘ylab elektr uzilishlari bilan bog‘liq muammolar kuzatiladi. 

“Mudofaa kuchlarimiz hozirlanmoqda. Butun mamlakat tayyorlanmoqda. Biz barcha ssenariylarni ishlab chiqdik. Hamkorlarimiz bilan ham aloqadamiz”, deb qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Zelenskiy Kiyev meri Vitaliy Klichkoni tanqid qilgan. Ya’ni u Klichkoning qamalda qolgan aholiga yetarlicha yordam bermaganini aytdi. Sobiq bokschi esa urush davridagi bunday tanqidlarni bema’nilik deb atadi.

Zelenskiyning Rossiya yangi raketa hujumlariga tayyorlanayotgani haqidagi da’volariga Moskva tomonidan javob berilmadi.

Rossiya joriy yilning fevral oyida Ukrainaga bostirib kirganida energetika infratuzilmalariga zarba bermayotgandi. Ammo urushning oxirgi oylarida Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina energetika ob’ektlariga faol zarbalar bermoqda.

27 noyabr kuni Kiyev va mamlakatning boshqa yirik shaharlari tinch edi. Ukraina Markaziy armiyasi qo‘mondonligining ma’lum qilishicha, Rossiya Dneprga to‘rt marta raketa hujumi uyishtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

113

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing