Rossiya Ukrainaga yadro quroli bilan tahdid qilayotgani yo‘q – Rasmiy Moskva

Olam

image

Rossiya Ukrainaga yadro quroli bilan tahdid qilgani yo‘q va tahdid ham qilmayapti. Bu haqda kecha, 18 oktyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi birinchi qo‘mitasi yig‘ilishida Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Yadro qurollarini tarqatmaslik va nazorat qilish departamenti direktori o‘rinbosari Konstantin Voronsov ma’lum qildi. 

“Rossiya Ukrainani yadro quroli bilan tahdid qilmagan va qo‘rqitmaydi. Shu bilan birga, Kiyevning Ukrainaning yadroviy bo‘lmagan maqomini qayta ko‘rib chiqish imkoniyati haqidagi bayonotlari, ya’ni Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma zarariga yadroviy qurolga ega bo‘lishga urinish degani jiddiy xavotir uyg‘otdi. Kiyevning NATO davlatlarining Rossiyaga qarshi yadroviy zarbalar berish zarurligi haqidagi so‘nggi bayonotlarini inobatga olsak bu ikki karra qabul qilib bo‘lmaydigan va qat’iyan qabul qilib bo‘lmaydigan holat”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Putin xalqiga murojaati davomida, u Rossiya xavfsizligiga tahdid qiluvchilarga yadroviy qurol bilan javob berishdan ham tap tortmasligini aytgan edi.

Keyinroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden dunyodagi vaziyat shu taxlit davom etsa, Karib dengizi inqirozidan keyin dunyo birinchi marta yadro qurolidan foydalanish tahdidiga duch kelishini aytib o‘tdi. U Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni yaxshi bilishini, u taktik yadro qurollari, biologik yoki kimyoviy qurollardan potensial foydalanish haqida gapirganda hazillashmasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin Yadro quroli

Baholaganlar

79

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing