Rossiya Ukrainaga muzokaralar bo‘yicha taklif berdi
Olam
−
28 may 7869 1 daqiqa
Rossiya Ukrainaga ikkinchi raund muzokaralarini 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazishni taklif qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov jurnalistlar bilan uchrashuvda so‘z ochdi.
Lavrovga ko‘ra, Rossiya tomoni 2 iyun kuni Istanbulda muzokaralar o‘tkazishga mutlaqo tayyor.
“Delegatsiyamiz Ukraina delegatsiyasiga memorandumni taqdim etishga va to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundini 2 iyun kuni Istanbulda o‘tkazishga tayyor”, degan Lavrov.
Shuningdek, Rossiya tomoni Turkiyaga mehmondo‘stlik bilan ta’minlangan turk maydonchasi uchun minnatdorlik bildirgan.
“Biz, tinchlik jarayonining muvaffaqiyatiga chin dildan emas, so‘zda emas, balki amalda manfaatdor bo‘lgan barcha tomonlar Istanbuldagi Rossiya-Ukraina muzokaralari yangi bosqichini qo‘llab-quvvatlashlariga umid qilamiz”, degan Rossiya Tashqi ishlar vaziri.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 may kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalari o‘rtasida so‘nggi uch yil ichida ilk uchrashuv bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv davomida tomonlar “1000 ga 1000” formatida harbiy asirlar almashinuvi bo‘yicha eng yirik kelishuvga erishdi. Shuningdek, tinchlik kelishuvi shartlari bo‘yicha memorandum ustida ish boshlashga kelishildi.
Uchrashuvdan so‘ng Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov navbatdagi muhim qadam sifatida Prezidentlar Zelenskiy va Putin o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishini aytib o‘tdi.